Ukraina soğliqni saqlaş vaziri Aleksandr Kvitaşvili Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvilining tanqididan söng işdan böşaş haqida ariza yozdi. Bu haqda UNN agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Saakaşvili Kvitaşvilini iste'foga çiqişga çaqirgan edi.
“Vazir darhaqiqat ariza yozdi, ammo u hali vazirlar mahkamasida körib çiqilmadi”, – ma'lum qildi “Pyotr Poroşenko bloki” fraksiyasi raisi örinbosari, Igor Kononenko.
Bundan taşqari, Saakaşvilini tanqid qilgan Ivano-Frankovsk prokurori işdan böşatilgan edi. Odessa gubernatori bilan janjallaşib qolgan davlat aviaxizmati rahbari ham işdan böşatilişi haqida ma'lum qilingan edi.






