Toşkentning Yunusobod tumanida joylaşgan maktablardan birining 9-sinf öquvçisi Şarif Akromov qarindoşi, amakisining uyidan 800 ming söm öğirlab ketganlikda ayblandi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilişiça, 1999 yili tuğilgan Akromov 2015 yilning qişida dösti va sinfdoşi Jamşid Jalolov bilan birgalikda amakisining uyiga kirib, u yerda faqat yangasi Manzura Ğiyosova borligini, uy nazoratsiz ekanligini körib, yotoqxonadan 300 ming söm olib çiqib ketgan.
Oradan ança vaqt ötib, barça qarindoşlari töyga ketganidan foydalanib, Akromov, Jalolovdan taşqari, boşqa şeriklari – 1999 yili tuğilgan Husan Zoitov va 2000 yili tuğilgan Boriy Bahromov, Jasur Şamşodovlar bilan birga amakisining uyiga kirib, 0.5 mln söm öğirlab çiqib ketgan.
Uyga kimdir kirganini va pul yöqolganini sezgan Ğiyosova darhol militsiyaga xabar bergan. Tekşiruv natijasida jinoyatni voyaga yetmagan maktab öquvçilari qilgani va ularning boşliği Ğiyosovaning qarindoşi Şarif ekanligi aniqlandi.






