“Zita va Gita” singari köplab filmlar orqali tanilgan hind kinematografi yulduzi Hema Malini Hindistonning şimoli-ğarbidagi Rajaston viloyatida avtohalokatga uçradi. Bu haqda Indian Express gazetasining onlayn versiyasi xabar bermoqda.
Aytilişça, aktrisaga tegişli Mercedes avtomaşinasi boşqa rusumdagi yengil avtomobil bilan töqnaşib ketgan. Halokat oqibatida bir bola halok bölgan, tört kişi jarohat olgan.
Malini Jaypurdagi Fortis xususiy şifoxonasiga yotqizilgan. Şifoxona vakillarining işontirib aytişiça, aktrisaning hayoti xavf ostida emas.
Agraga ketayotgan aktrisaning maşinasini uning şaxsiy haydovçisi boşqarib ketayotgan bölgan.






