Gretsiyada bölgani kabi, Ukrainada ham iqtisodiy inqiroz siyosiy inqirozni keltirib çiqarişi mumkin. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining MDH davlatlari böyiça sobiq koordinatori, Bill Klinton ma'muriyati a'zosi bölgan Stiven Sestanoviç yozmoqda.

Uning sözlariga qaraganda, Ukraina va Gretsiyadagi vaziyat özaro keskin farqlanadi, lekin har ikkala davlatda ham ikkita inqiroz bir-biriga ta'sir ötkaza boşlagan. Bunday vaziyatda esa hukumat xalqaro ittifoqçilar va homiylar bilan til topişişga qiynaladi.

Ukrainada hozirça bunday vaziyat yuzaga kelmadi, ammo masala murakkablaşib borayotgani barçaga oydin. Joriy yilning birinçi çoragida mamlakat yalpi içki mahsuloti 17 foizga tuşib ketdi, boş vazir Arseniy Yatsenyuk va uning ma'muriyati reytingi aytarli yuqori emas. Sestanoviçning fikriça, yaqin orada Ukraina Xalqaro valyuta jamğarmasiga va xorijiy kreditorlarga murojaat qilişga majbur böladi.

“Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning islohotlar ötkazişga bölgan intilişlariga qaramay, u oligarxdir. Mamlakat qaşşoqlaşişiga qaramay, u superboy biznesmenlardan biri bölib qolmoqda. Natijada xalq mamlakatda rostan ham oligarxlarga qarşi kuraş ketayotganidan şubhalanmoqda”, – xulosa qiladi tahlilçi.