IŞID guruhi jangarilari Suriyadagi qadimiy Palmira şahridagi yana bir qança yodgorliklarni yöq qilişdi. San'at tarixining nodir yodgorliklari bölmiş oltita haykalning bosqon yordamida sindirib taşlangani qayd qilingan fotosuratlar internetda e'lon qilindi.
Eng diqqatga sazovor yodgorliklaridan biri – 2 ming yillik tarixga ega 3 m li arslon haykali ham sindirib taşlanganlar qatoridan örin oldi. Suriya muzeyi qadimiyatlar departamenti direktori Ma'mun Abdulkarim bölib ötgan voqeani “IŞIDning Palmira merosiga qarşi sodir etgan eng jiddiy jinoyati” deb baholadi.
Ohakdan yasalgan uşbu haykal 1977 yili Polşa arxeologlari tomonidan al-Lot ibodatxonasidan topilgan bölib, qadimgi arablarning osmon va yomğir ma'budasiga bağişlangan edi. Uning oğirligi 15 tonnani taşkil qiladi.
IŞIDning ma'lum qilişiça, haykallar ularni çet elga olib çiqib kelmoqçi bölgan kontrabandaçidan tortib olingan.