Pokistonda ulkan temir yöl halokati sodir böldi. 300 yölovçi ketayotgan 4ta vagondan iborat poyezdning 2 vagoni relsdan çiqib ketiş natijasida daryoga qulagan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Uşbu hodisa Gujranvala tumanidagi daryo ustidan ötkazilgan köprikda sodir böldi.
Ayni vaqtda voqea joyida qutqaruvçilar iş olib bormoqda. Ularga mahalliy aholi hamda politsiya yordam bermoqda. Hududga Lahor şahridan şifokorlar bölinmasi zarur jihozlar bilan yuborilgan.
Samaa sayti ma'lumotiga köra, hozirça 13 kişining ölimi va önlab kişilarning oğir jarohatlar olgani tasdiqlangan.
Qutqaruvçilar suvdan 85 kişini çiqarib olişgan, ularning 60 nafari şifoxonaga olib ketilgan.
Hozirça hodisa sababi aniqlanmagan. Pokiston temir yöl transport vaziri Saad Rafiq bu örinda terakt yoki qasddan uyuştiriş alomati yöqligini ma'lum qilgan.






