Yaponiyaning Sony kompaniyasi tasvirlar datçiklari işlab çiqariş bilan boğliq tez sur'atlarda ösayotgan biznesga investitsiya kiritiş maqsadida 440 mlrd iyenlik (3,6 mlrd dollar) aksiyalarini sotişni rejalaştirayotganini e'lon qildi.

Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, kompaniya 321 mlrd iyenni aksiyalarning oçiq emissiyasidan va 119 mlrd iyenni konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar çiqariş orqali jalb qilişni möljallamoqda. Şu tariqa gap korporatsiyaning joriy bozor narxining (33,6 mlrd dollar) 10 foiziga teng bölgan daromad haqida ketmoqda.

Kompaniyada aytilişiça, olingan pullardan katta qismi fotomodullar va boşqa yarimötkazgiçli komponentlarni işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi Devices bölinmasidagi ilmiy-tadqiqot işlariga va işlab çiqarişni kengaytiriş uçun sarflanadi.

Sony yaqin uç yilda tasvir datçiklari savdosini 62 foizga, ya'ni 12,3 mlrd dollargaça oşira olişini başorat qilmoqda. 2015 yilning 31 martiga köra, kompaniyaning hisob raqamlarida 11,5 mlrd dollarik sof pul mablağlari yiğilib qolgan.

Sony ning qimmatbaho qoğozlar sotiş haqidagi e'loni aksiyalarining 8,3 foizga qadrsizlanişiga olib keldi. Bunday holat 2014 yilning 18 sentabridan kuzatilmagan edi. Joriy yilning boşidan Sony aksiyalari 40 foizga qimmatlaşgan edi.