Çilida çop etiladigan The Clinic jurnali özining navbatdagi sonining muqovasiga “Özga sayyoralik” filmidagi özga sayyoralikning qiyofasini joylaştirib, Argentina bilan Çili örtasidagi Amerika kubogi final uçraşuvidan oldin Argentina terma jamoasining hujumçisi Lionel Messi ustidan şu tarzda qöpol hazil qildi. Bu haqda naşrning saytida ma'lum qilindi.

Muqovada Çili va Urugvay örtasidagi çorakfinal uçraşuvidagi röy bergan vaziyatga iqtibos keltirildi. Öşa uçraşuvda çililik himoyaçi Gonsalo Xara urugvaylik Edinson Kavanining orqa tomoniga barmoği bilan turtgan hamda raqibini javob berişga majbur qilib, uning sariq kartoçka olişiga sababçi bölgan. Muqovadagi özga sayyoralik barmoği töq sariq böyoq bilan böyalgan holda tasvirlangan hamda suratning ostiga “Özingdan kör, Messi” deb yozib qöyilgan.

Jurnal Xarani özga sayyoralikka qiyoslagan, çunki köpçilik öyinçilar va ekspertlar köpinça uni “özga sayyoralik” deb ataydilar.

The Independent naşrining ta'kidlaşiça, Çili termasi muxlislariga jurnalning bu ğoyasi juda xuş keldi, çunki ulardan köpçiligi Xaraning öşa nayrangini yoqlab çiqişgan.

Amerika kubogining Argentina va Çili örtasidagi final uçraşuvi 5 iyul kuni Toşkent vaqti bilan 01:00 da boşlanadi.