AQŞ Federal qidiruv byurosi 5 nafar xavfli xakerning qayerga bekingani haqida ma'lumotlar uçun jami 4,2 mln dollar miqdoridagi mukofot e'lon qildi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Xabarda yozilişiça, mukofotning asosiy qismi, 3 mln dollar rossiyalik Yevgeniy Bogaçev haqidagi ma'lumot uçun ajratilgan. U 1 mln donadan ortiq kompyuterdan ma'lumotlarni öğirlaganlikda ayblanmoqda.
Şuningdek, ruminiyalik Nikulaye Popesku ham "xavflilik darajasi" böyiça Bogaçevdan qolişmasligi aytilgan. U haqdagi ma'lumot uçun 1 mln dollarlik mukofot va'da qilingan.
Rossiyalik Aleksey Belan (100 ming dollar), latviyalik Peteris Saxuvors (50 ming dollar) va hindistonlik Kumar Jayn (50 ming dollar) kabi xorijlik xakerlar böyiça ma'lumotlar uçun ham kiçikroq miqdordagi mukofotlar berilişi ma'lum qilingan.
Bu xakerlar zararli viruslar, soxta internet savdolari, virus dasturlari yaratiş bilan şuğullanganlikda ayblanadi.






