“Sen Yolg'iz Emassan” fondi taklifi bilan Fransiyaning “Umid riştalari” Şifokorlar Uyuşmasi vakillari Toşkentga mahalliy bolalarda tibbiy tekşiruv va kardiologiya sohasidagi murakkab jarrohlik muolajalarini bajariş uçun taşrif buyurişdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva özining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.
“400 nafar şifokordan iborat bölgan mazkur uyuşma mana 27 yildirki, dunyo davlatlari böylab mahalliy şifokorlar bilan birgalikda bolalarga zarur tibbiy yordam körsatib, öz malakalari bilan örtoqlaşib, turli treninglar taşkil etib kelmoqda. Bu taşkilot bolalar jarrohiligi sohasida yiliga 30 mamlakatda 5000dan ziyod operatsiyalar ötkazadi.
Hamkorligimiz doirasida bolalar kardiojarrohi professor Olive Baron, bolalar vistseral jarrohi professor Per Xelardo hamda bolalar reanimator-anesteziologi Katrin Amreyn fondimiz taklifi bilan konsultatsiya, tibbiy tekşiruv va kardiologiya sohasidagi murakkab jarrohlik muolajalarini bajariş uçun Toşkentga Akademik V.V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan jarrohlik markaziga taşrif buyurdi. Professor Olive Baron va Katrin Amreyn bolalarni tibbiy tekşiruvdan ötkazganlaridan söng farğonalik ikki yoşu sakkiz oylik Ismoilova Mubinaga jarrohlik muolajasini ötkaziş xulosasiga kelişdi. Mubinada jiddiy tuğma yurak patologiyasi mavjud bölib, qizaloqqa tezkor jarrohlik aralaşuvi zarur edi.
Professor Per Xelardo öz navbatida Mehribonlik uyida tarbiyalanib kelayotgan bir neça bolalarni körikdan ötkazib, zarur muolajalarni tayinladi. Şu bilan birga uyuşma vakillari mahalliy bolalar jarrohlari uçun ma'ruza va treninglar olib borişdi. Jumladan, professor Olive Baron Fransiyaning Nant şahridagi pediatriya markazining işi bilan örtoqlaşdi. Gipotermiyani örtaça me'yorda işlatiş, ya'ni jarrohlik amaliyoti jarayonida boş miyaga keluvçi kislorodni töxtatmagan holda tana haroratining imkon qadar past körsatkiçlari bilan boğliq yangi uslub haqida batafsil sözlab berdi. Mazkur yangi uslublardan asosiy maqsad yangi tuğilgan çaqaloqlarga amalga oşiriladigan jarrohlik muolajalarining xavfsiz ötib, undan keyingi kuzatiladigan nevrologik asoratlarni kamaytirişdir. Bizning mutaxassislarimiz bolalar jarrohligi, reanimatsiya, taşxis va davolaşning yangi uslublariga oid xorijlik şifokorlarning malakasini örganiş imkoniyatiga ega bölişdi. Umid qilamanki, hamkorligimiz bolalar jarrohligini Özbekistonda öz vaqtida rivojlanişiga turtki böladi. Uşbu taşabbus dunyoning turli davlatlaridagi insonlarning oliyjanob harakatini birlaştirganidan xursandman”, deb yoziladi Lola Karimova-Tillayevaning feysbukida.






