Gretsiya hukumati Germaniya va jumladan Angela Merkelning boş maqsadi mamlakat boş vaziri Aleksis Tsipras hukumatining iste'foga ketişga majburlaşdan iboratligini tuşunmoqda. Ana şunda kreditorlarda Gretsiyaga berişga yana pul topiladi.

Gretsiyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi tartibotini közda tutuvçi heç qanday mexanizmlar mavjud emas, Gretsiyaning özi ham YeIdan çiqişni istamayapti, deb aytmoqda Gretsiya hukumati işini muvofiqlaştiruvçi boş kotib Xristoforos Vernadakis.

Vernadakisning firkiça, kreditorlar Gretsiya tuşib qolgan vaziyatga mas'uliyat bilan munosabat bildirişlari kerak.

“Gretsiya yevro va Yevropadan çiqişni istamayapti. Gretsiya Yevropadan çiqa olmaydi ham, çunki undan çiqişning yöli mavjud emas. Buni kim hal qilişi kerak. Bir davlatmi yoki barça davlatlarmi? Çiqişning yöli yöq”, deb aytmoqda Vernardakis.

Vernardakis Xalqaro valyuta jamğarmasi bu faqatgina Kristin Lagard emasligi, uşbu xalqaro moliyaviy institutda boşqa davlatlar vakillari – amerikaliklar, braziliyaliklar, hindlar ham iştirok etişini ta'kidlamoqda. Vernadakisning fikriça, Gretsiya muammosi nafaqat XVJ, Germaniya va Gretsiya, balki butun Yevropaning muammosidir.

Vernadakis Germaniyaning Gretsiyadagi inqiroz tarixida tutgan roli haqida keskin kayfiyatda fikr bildirdi. Uning aytişiça, Germaniya Yevropaga boşqa buyruq berişga muvaffaq böla olmasligini tuşunib yetişi kerak.

“Ular ikki marta qilgan işlarini uçinçi bor qila olmaydilar. Yana bir bor faşizm ötmaydi”, deb aytmoqda amaldor.

Gretsiya hukumatida Germaniya Gretsiya hukumatiga, aniqroği boş vaziri Aleksis Tsiprasga saboq berib qöyişga qaror qilganini tuşunmoqdalar. Merkel mamlakat hukumatining iste'foga ketişi uçun qölidan kelgan barça narsani qilişga tayyorligi haqida oçiqçasiga gapirilmoqda.