Özbekiston MXX Davlat çegarasini qöriqlaş qömitasi Tojikiston bilan çegarada öq uzilişida inson huquqlariga rioya qilinmagani haqidagi fikrlarga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda 12news.uz xabar

berdi

.

"Özbekiston MXX Davlat çegarasini qöriqlaş qömitasi matbuot xizmati ma'lum qiladiki, ba'zi internet saytlarida yozilganidek 25 iyun kuni Özbekiston va Tojikiston çegarasida tojikistonlik çegara buzuvçilarning qölga olinişida inson huquqlariga zid ravişda harakat qilinmagan. Ular qöşni davlat hududiga mol boqiş uçun ötişga haqli bölişmagan", deyiladi xabarda.Matbuot xizmati xabarida ta'kidlanişiça, öşa vaziyatda çegara buzuvçilar qoramol boqib yurib, qöşni davlat hududiga ötişgan, çegaraçilar esa Özbekiston Respublikasi qonunçiligi asosida iş tutişgan.

Eslatib ötamiz, 25 iyun kuni Özbekiston çegaraçilari ikki nafar Tojikiston fuqarosini 

qölga olgandi

. Voqea Farğona viloyati, Beşariq tumani, Andarxon qişloğida sodir bölgan.


MXX Davlat çegarasini himoya qiliş qömitasi matbuot xizmatida ma'lum qilinişiça, qölga oliş jarayonida tojikistonliklar çegara naryadiga qarşilik körsatgan.


“Xavfsizlikni ta'minlaş hamda huquqbuzarlarni qölga oliş maqsadida havoga ogohlantiruvçi öq otildi. Natijada Tojikistonning Söğd viloyati Konibodom tumani Yakkaterak qişloq fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi, 1985 yili tuğilgan T. Usmonov sonidan jarohat oldi”, – deyiladi xabarnomada.


Usmonov Beşariq markaziy tuman şifoxonasiga örta oğir ahvolda yotqizilgan. Ikkinçi huquqbuzar – öşa tumanning Patar qişloğida 1991 yili tuğilgan X. Qobilov esa qamoqqa olingan.