Özbekistonlik rassom Inna Sandler joriy yilning 3 aprelidan 29 iyunigaça Parijdagi Xalqaro san'atlar markazida faoliyat yuritdi. Rassom markazda 20ga yaqin suratlarni öz içiga oluvçi özining “Dada” seriyasini (yoğoç ot öyinçoği obrazi) namoyiş qildi.
Rassom işlarining körgazmasi Parijda 16 iyunda bölib ötdi. Yaqin orada uşbu körgazma Toşkentda ham namoyiş etiladi.
Yana bir özbekistonlik rassom Jamol Usmonov ham şu markazda 3 oy mobaynida faoliyat yuritdi.
Parijdagi Xalqaro san'atlar markazi har yili özining 324ta ustaxonasida 50ga yaqin davlatdan minglab rassomlarni qabul qiladi. Özbekistonlik rassomlar Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi va Parijdagi Fransiya instituti kömagi bilan markazga boriş imkoniyatidan foydalanib kelişmoqda, ular orasida rassomlar Bobur Ismoilov va Yuliya Drobova ham bor.






