3 iyul kuni keçasi Suriyaning şimoli-ğarbidagi Idlib viloyatidagi masjidlardan birida portlaş yuz berdi.

"Elaf" naşrining ma'lumotlariga köra, Arixa şahridagi bu masjidga "Jyebhat an-Nasr" ("Ğalaba fronti") guruhi a'zolari iftorlik qiliş uçun yiğilişgan va portlaş tufayli ularning 25 nafari halok bölgan hamda önlab jangarilar jarohatlangan.

Portlaş natijasida guruh boşliqlaridan biri ham öldirilgani aytilmoqda.

Portlaşni uyuştirgan tomon ma'lum emas. Taxminlarga köra "Al-Qoida" tarkibidagi bu guruh a'zolari hayotiga "IŞID" jangarilari tomonidan suiqasd qilingan.