Maşhur rok qöşiqçisi Zemfira özining Gruziya poytaxti Tbilisi şahrida ötkazilgan konserti vaqtida sahnada turib, boşi uzra Ukraina bayroğini hilpiratdi.

U öz qöşiqlaridan birini ijro etişni boşlaganida zaldan uzatilgan ukrain bayroğini olgan va biroz vaqt davomida uni boşi uzra hilpiratgan köyi kuylagan. Keyin esa bayroqni sahnadagi mikrafonga boğlab qöyib, çiqişini davom ettirgan.

Bu holat Zemfira tomonidan "Interesno, kak ty tam. Budu dumat, çto v poryadke" qöşiği ijrosi vaqtida sodir bölgan.