FIFA prezidenti Yozef Blatterning ma'lum qilişiça, 2018 va 2022 yilgi mundiallar uçun mezbonlar nomini aniqlaş jarayoniga Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi hamda Germaniya prezidenti Kristian Vulf ham aralaşgan.
FIFA Ijroiya qömitasi 2010 yilning 2 dekabrida 2018 yilgi jahon çempionatini Rossiyada, 2022 yilgi çempionatni esa Qatarda ötkaziş haqida qaror qabul qilgandi.
"Sarkozi va Vulf qömita vakillarining qaror qabul qilişiga öz ta'sirlarini ötkazişgan. Ularning bosimi ostida amalga oşirilgan tanlovlarni esa qabul qilişga majbur bölganman. Ularning köpçiligi Qatarni tanlaşgan edi", deb ma'lum qiladi Blatter Assoşeyted Press agentligiga.
Uning fikriça, Germaniya futbol ittifoqi Vulfning körsatmasiga binoan iş tutgan.
"Qatarda köplab nemis kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Germaniya bu turnir Qatarda ötkazilişidan manfaatdor", deydi FIFA prezidenti.






