Futbol böyiça Çili terma jamoasi Amerika kubogi finalida Argentina ustidan penaltilar böyiça 4:1 hisobida ğalaba qozonib, 2015 ylgi Amerika kubogi sohibi sifatida 2017 yilda Rossiyada ötkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Bu musobaqada, şuningdek, 2018 yilgi Jahon çempionati mezboni sifatida Rossiya, amaldagi jahon çempioni Germaniya hamda 2015 yilgi Osiyo kubogi ğolibi Avstraliya terma jamoalari iştirok etadilar. Musobaqada jami 8 ta jamoa iştirok etadi.
Konfederatsiyalar Kubogi jahon çempionatidan bir yil oldin çempionatni kutib oladigan mezbon mamlakatda ötkaziladigan musobaqa hisoblanadi.






