"Mançester Yunayted"ning argentinalik yarim himoyaçisi Anxel Di Mariya 2015-2016 yillar mavsumining startida jarohat tufayli maydonga tuşa olmasligi mumkin.
As naşrida yozilişiça, uning 4 iyul kuni Çili terma jamoasiga qarşi ötkazilgan Kopa Amerika finalida olgan jarohati jiddiy bölib çiqqan.

Di Mariya Çiliga qarşi uçraşuvning 28 daqiqasida tizzasidan jarohat olib, öyinni davom ettira olmaydigan bölgandi.

Şifokorlar u kamida 1 oyga safdan çiqqanini ma'lum qilişgan. Bu holda Di Mariya 8 avgust kuni "Old Trafford"da "Tottenhem" jamoasiga qarşi ötkaziladigan APL birinçi tur öyinini ötkazib yuboradi.