Özbekiston Samarqanddagi “Sino” muzlatkiç zavodi aksiyalarining 88.8 foizini xorijiy strategik investorga realizatsiya qiladi. Bu iş Özbekiston prezidentining 2015 yil 28 aprelidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulk uluşini va ahamiyatini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.
2010 yillan “Sino” aksiyadorlik jamiyati mamlakatdagi yagona muzlatkiç işlab çiqaruvçi korxona bölmay qoldi.
Nuz.uz resursining eslatib ötişiça, ayni paytda Özbekiston bozorida Koreyaning Samsung Electronics, Xitoyning Midea Group va Changhong, Turkiyaning Ödül va boşqa taşkilotlar Toşkentda Artel Trade MÇJni işga tuşirdi. Turli maişiy texnika mahsulotlarini işlab çiqaruvçi uşbu kompaniya ayni kunda 900dan ortiq kişini iş bilan ta'minlab turibdi. Korxonaning quvvati yiliga 150 ming dona maişiy muzlatkiç işlab çiqarişga yetadi.
“Özeltexsanoat” “Motor zavodi” AJ hududida Xitoyning Midea Group hamda Yaponiyaning Shivaki brendlari ostida maişiy texnika işlab çiqarişni yölga qöydi. Umumiy qiymati 13.7 mln dollarni taşkil qiluvçi uçta investitsion loyiha struktur özgarişlar amalga oşiriş, işlab çiqarişni modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş çora-tadbirlari dasturiga kiritilgan. 2016 yilga kelib korxona yiliga 300 ming muzlatkiç işlab çiqariş salohiyatiga ega böladi.
Bundan taşqari, 2012 yildan buyon maişiy texnika işlab çiqariş bilan şuğullanib kelayotgan Roison Electronics AQŞ-Özbekiston qöşma korxonasi joriy yilda Jizzax maxsus sanoat va iqtisodiy zonasida yangi işlab çiqarişni yölga qöymoqçi.
Umuman olganda, 2014-2018 yillarda Özbekistonda 1.85 mln muzlatkiç işlab çiqariladi. 2015 yili 240 ming, 2018 yili esa 600 ming dona işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
2015 yili eksport hajmi 811 ming dollarni, 2018 yili esa 7.4 mln dollarni taşkil qiladi.






