Birvarakayiga ikki arab davlatida öxşaş holatlar kuzatildi: Kuvaytda va Saudiya Arabistonida ayollar libosini kiyib, boş-oyoq paranjiga çirmalgan erkaklar qölga olindi.
Gulf Countries naşrining xabar berişiça, Kuvayt politsiyasi qölga olgan erkak asli pokistonlik bölib, masjid yaqinida ayollar libosida telefonda gaplaşib turganda payqalgan. Ikki politsiyaçi undan şubhalanib, ID-kartasini söragan. Şaxsning erkakligi aniqlangaç, hayratini yaşira olmagan politsiyaçilar uni idoraga olib ketişgan.
Sodir etilgan bir qança qöporuvçilik harakatlaridan söng Kuvayt politsiyaçi masjid atrofida jiddiy nazorat örnatgan.
Öz navbatida, Saudiya Arabistoni diniy politsiyasi savdo markazidan ayollar kiyimida bölgan erkakni sudrab olib ketayotgani videokameralarda qayd qilindi. YouTube’da joylaştirilgan qisqa videoda Yaxşilikni rağbatlantiriş va gunohni bartaraf qiliş komissiyasining ikki nafar a'zosi erkakni maşinaga joylaştirayotgani köringan.
Mahalliy Ajel gazetasining xabar qilinişiça, ayollar libosida savdo markazini aylanib yurgan erkak diniy politsiya xodimlarining diqqatini tortib, idoraga olib ketilgan.






