Möğulistonning şimoli-şarqidagi Burxan-Xaldun toğ massivi YuNeSKO butunjahon merosi obektlari röyxatiga kiritildi. Montsame axborot agentligining ma'lum qilişiça, Butunjahon merosi qömitasiga a'zo davlatlar vakillarining köpçiligi bu taşabbusni yoqlab çiqqan.
Burxan-Xaldun toği qadimdan muqaddas joy hisoblanib, möğullarning mifologik qaraşlarida markaziy örin tutadi. Afsonaviy sarkarda va davlat arbobi Çingizxon (1155-1227) şu toğ etagida tuğilgan hamda vafot etgan, deb hisoblanadi. Taqvodor möğullar uşbu toğ etaklariga ziyoratga boradilar. Uning atrofida “obo” deb ataluvçi toşli piramidalar yasaş odati bugungi kunga qadar tirik. Burxan-Xaldun meditatsiya uçun ham eng samarali joy hisoblanadi.
Ammo, aytilişiça, Butunjahon merosi qömitasining qaroriga joyning bunday xususiyatlari emas, balki Çingizxon nomi bilan boğliqligi sabab bölgan.
XIII asrga oid “Mongolun niuça tobçan” (Möğullarning maxfiy tarixi) tarixiy kitobida yozilişiça, toğ massivi Möğul imperiyasi asosçisi hamda uning oilasi bilan boğliqdir. Buyuk xonning ajdodlari aynan şu toğ yonbağrida köçmançi turmuş keçirişgan, uning kindik qoni ham şu hududlarda tökilgan. Çingizxon hamda uning merosxöri, kiçik öğli Tuluning qarorgohi Burxan-Xaldunda joylaşgan. Önlab yillar mobaynida Çingizxonning qabri maxsus minglik qöşin tomonidan qöriqlab kelinga. Sekin-asta uning qabri qayerda joylaşgani haqidagi xotira unutilgan va bugungi kunga qadar noma'lum bölib qolmoqda.
Bir neça yil muqaddam Çingizxon YuNeSKO tomonidan 2-mingyillikning eng buyuk sarkardasi deb tan olingan edi.






