Hindiston boş vaziri Narendra Modi Özbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uçraşuvi davomida Özbekistonga “Şimol-Janub” transport koridoriga qöşiliş masalasini körib çiqişni taklif qildi.
“Men Özbekiston prezidentiga “Şimol-Janub” transport koridori (Hindiston, Rossiya, Eron, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yuklarni taşiş uçun möljallangan) haqida ma'lumot berdim va Özbekistonning bu loyihaga qöşilişi masalasini körib çiqişni taklif etdim”, deb aytdi Modi.
Modi, şuningdek, Özbekiston prezidentidan Hindistonning Özbekiston-Eron-Turkmaniston-Ummon transport koridoriga qöşilişi masalasida uni qöllab-quvvatlaşini iltimos qildi.






