Madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas “Portu” bilan özining kelgusi faoliyati borasida muzokaralar olib bormoqda.

Potrugaliya klubi 34 yoşli darvozabon bilan soliq çiqarib taşlangunga qadar yiliga 5 mln yevrolik maoş bilan 2 yilga möljallangan şartnoma tuzişga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Marca naşri.

Naşrning ma'lumotlariga köra, Kasilyasning “Portu”ga ötişida uning yangi klubda kamroq maoş olişi tösqinlik qilmoqda, çunki darvozabonning “Real” bilan şartnomasi hali ikki yil amalda böladi.

Darvozabon Madrid klubi unga maoşidagi farqni tölab berişiga umid bildirmoqda, bu holda futbolçi erkin transfer böyiça “Portu”ga ötadi.

Keyingi mavsumda Kasilyas “Real”da sof holda 6,5 mln yevro (soliq tölangunga qadar 13 mln yevro), 2016/17 yillardagi mavsumda sof holda 6 mln yevro (soliq tölangunga qadar 12 mln yevro), jami soliq tölangunga qadar 25 mln yevro maoş olişi belgilangan.

“Portu” darvozabonga ikki yil uçun soliqlar çiqarib taşlanmagan holda 10 mln yevro tölaşga tayyor. Şu tariqa, Kasilyas “Real”dan maoşlardagi 15 mln yevro farqni, ya'ni yiliga sof holda 4 mln yevrodan qöşimça maoş olişni möljallamoqda.