Rossiya huquq himoyaçilari fan va ta'lim vazirligining “Fuqarolarni ta'lim muassasalariga qabul qiliş töğrisida”gi qonuniga qarşi çiqmoqda. Unga köra, 2014 yildan Rossiya maktablariga boşqa viloyat va ölkalardan taşrif buyurganlarning, şuningdek, xorijlik muhojirlarning bolalarini qabul qiliş töxtatildi.
“Izvestiya” gazetasining yozişiça, ötgan oyda “Grajdanskoye sodeystviye” jamoat taşkiloti raisi Svetlana Gannuşkina tomonidan Rossiya Oliy sudiga taqdim etilgan da'vo arizasi 10 iyul kuni körib çiqiladi.
Gazetaga ma'lum bölişiça, yil boşidan buyon Gannuşkinaga suriyalik va özbekistonlik 30 oila şu masalada murojaat qilgan. Huquq himoyaçilarining fikriça, yangi qonunda aks etgan holat konstitutsiyaga, bola huquqlari töğrisidagi konvensiyaga va “Ta'lim töğrisida”gi federal qonunga zid keladi. Uşbu huquqiy-me'yoriy aktlarda har qanday bola ta'lim oliş huquqiga ega ekanligi qat'iy belgilab qöyilgan.