"Paxtakor" jamoasining murabbiylar ştabida mehnat qilib kelgan Nö'mon Hasanov 7 iyul kunidan boşlab "Paxtakor"ning vaqtinçalik boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Futbolçilik faoliyatida 4 karra Özbekiston çempioni va 2 marta Özbekiston Kubogi sohibiga aylangan Hasanov futbolçilik faoliyatini tamomlagaç, murabbiy sifatida işlay boşlagandi.
2012 yilda "Paxtakor"ning birinçi ligadagi jamoasiga boş murabbiy etib tayinlangan Hasanov öşa yilning yozida yoşlar tarkibi ustozligini qölga oldi va yakunda jamoani mamlakat çempioniga aylantirdi. Keyin esa asosiy tarkib murabbiylar ştabiga jalb etilib, ötgan yili çempionlik qölga kiritilişida hissa qöşdi. Samvel Babayan milliy terma jamoa boş murabbiyi sifatida işga kirişgani bois endi Nö'mon Hasanov "Paxtakor"ni boşqaradigan böldi. Hozirça u bu lavozimda vaqtinçalik faoliyat yuritadi.






