6 iyul kuni Qozoğiston poytaxti Ostonada Poytaxt kunining nişonlanişi davomida dunyodagi eng katta beşbarmoq porsiyasi tayyorlandi. Uşbu qozoq milliy taomining umumiy oğirligi 736,5 kg ni taşkil qildi.

Rekord natijani qayd qiliş uçun Ostonaga Ginness rekordlar kitobining supervayzeri Şaydo Subaşiy Gamijiy maxsus taklif qilindi. Gamijiyning qayd qilişiça, bu qozoğistonliklar tomonidan qayd qilingan uçinçi jahon rekordi böldi.
Bu rekordlar orasida birinçisi qozoğistonlik olimlar guruhi avtomobillarda Şimoliy qutb – Antarktidani eng tez, ya'ni 108 soatda zabt etganlari rekordi bölgan. Ikkinçi rekord esa 2015 yilning mayida qayd etilgan – Qozoğistonda 687 kg keladigan dunyodagi eng katta lağmon porsiyasi tayyorlangan.

Rekord darajadagi beşbarmoq Turkistondan maxsus olib kelingan katta Toyqozonda tayyorlandi. Taomni tayyorlaş uçun 700 kg göşt işlatildi, xamiri qölda yoyildi. Uşbu taomdan tadbirga kelgan barça mehmonlarga ulaşildi.






