Turkiya yölovçi taşuvçi Turkish Airlines aviakompaniyasi Bangkok — Istanbul yönalişida harakatlanayotgan samolyoti bortda portlovçi modda borligi bilan qilingan tahdid sababli Nyu-Deli aeroportiga qönişga majbur böldi. Bu haqda NTV telekanali xabar tarqatdi.

Parvoz davomida samolyot xodimlari hojatxonalarning birida layner bortida portlovçi modda borligi bilan tahdid qilingan yozuvni topib olişgan. Natijada Airbus A330 rusumli samolyot Hindiston poytaxtidagi aeroportning xavfsiz hududiga qöngan. Salonni tekşiriş uçun 148 nafa yölovçi boşqa hududga köçirilgan. Tekşiruvdan söng qayta uçişga qaror qilingan.

Bu Turkiya kompaniyasi bilan yil boşidan sodir bölayotgan oltinçi voqea sanaladi. Oldingi holatlarda ham hojatxonadan portlovçi modda borligi haqidagi yozuvlar topilgan. Barça ma'lumotlar keyinçalik yolğonligi aniqlangan.