Özbekiston muzey jamğarmasi yagona milliy katalogi nodavlat muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar haqidagi axborot bilan töldiriladi. Bu haqda Uzbekistan Today naşri yozmoqda.
Katalog tuziş haqida 2010 yili qaror qilingan. Unga mamlakatda mavjud 200ta muzeyda saqlanayotgan eksponatlar haqida ma'lumot kiritiladi. Bu muzeylardan 135tasi davlatga tegişlidir.
Madaniyat va sport işlari vazirligi qoşidagi sertifikatsiya va kompyuterlaştiriş markazi muzeyşunos mutaxassislar bilan hamkorlikda maxsus dasturiy ta'minot – SKM MUZEY muzey predmetlarini hisoblaş va boşqariş tizimini yaratdi.
San'at ixlosmandlari internet orqali Özbekistondagi barça muzeylardagi eksponatlar haqida ma'lumot oliş imkoniyatiga ega böladi.