"Mançester Yunayted" hamda "Bavariya" öz yarim himoyaçilari Anxel Di Mariya va Mario Gyottseni almaşiş böyiça muzokara boşladi.

Sport Bild naşri ma'lumotlariga köra, "MYu" Di Mariya uçun 50 mln yevro söramoqda. Bu futbolçi ötgan mavsumda "Real"dan 75 mln yevro evaziga transfer qilingandi.

"Bavariya" esa ötgan mavsumni yaxşi ötkaza olmagan bu futbolçi uçun köp pul sarflamasligini bildirgan hamda uning örniga jamoada öz tarkibida öynab keta olmayotgan Mario Gyottseni taklif qilgan.