2015 yilning 8 iyuliga kelib Özbekistondagi oliy öquv yurtlariga hujjat topşirgan abituriyentlar soni 100 ming nafardan oşib ketdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ma'lumot bermoqda.

Markaz bergan statistik ma'lumotlarga köra, hozirda har bir talabalik örni uçun 1,7dan ortiqroq abituriyentlar davogarlik qilişmoqda. Bakalavr yönalişiga qabul rejasi 57,9 ming nafar kişini taşkil etadi.

Ötgan yilda Özbekiston oliy öquv yurtlariga jami 543 mingdan ortiqroq abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan. Har bir talabalik örni uçun örtaça 9 nafardan ortiqroq odam töğri kelgandi.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joizki, Özbekiston oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari an'anaga köra har yili 1 avgust kuni bölib ötadi.