"Liverpul" jamoasining 20 yoşli yarim himoyaçisi Rahim Sterling jamoa bilan birga Osiyo böylab sayohatga çiqişdan boş tortdi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar qilgan.
Şu tariqa Angliya terma jamoasi yarim himoyaçisi tezroq "Mançester Siti"ga ötişni istayotganini bildirgan. "Şaharliklar" esa Sterling borasida uçinçi taklifni tayyorlamoqda. Bundan oldin "mersisaydliklar" 25 va 40 mln funtlik takliflarni rad qilgan hamda futbolçisini 50 mln funtdan kamiga sotmasligini ayon etgan.
Eslatib ötamiz, Sterling "Liverpul" bilan yangi şartnoma imzolaşdan boş tortmoqda. U ikki yildan söng erkin agentga aylanişi mumkin.






