Toşkentning Yakkasaroy tumanida 430 ming dollarni naqdlaştirgan jinoiy guruh qölga olindi.

“Huquq” gazetasining yozişiça, tört kişidan iborat guruh NBU filialida 215 kişi nomiga Visa elektron kartalarini oçtirgan. Şundan söng kartalardagi valyuta çet elga olib çiqilib, naqdlaştirilgan va poytaxtdagi valyuta bozorida sotib yuborilgan. Kartalarni oçişda yordam bergan bank xodimlariga 100 ming sömdan pora berilgan.

Jinoyatçilarning ismlari hamda ularga nisbatan qöllangan jazo haqida ma'lumot berilmadi.