Argentina futbol uyuşmasi prezidenti Luis Segura terma jamoa hujumçisi Lionel Messini tanqid qilişni töxtatişga çaqirdi.

Eslatib ötamiz, Xerardo Martino boşqaruvidagi Argentina terma jamoasi Kopa Amerika musobaqasi finalida Çiliga yutqazib qöyganidan söng, muxlislar bu omadsizlikda Messini ayblaşni boşlaşgan, Messi terma jamoadagi faoliyatida tanaffus qilmoqçi ekani haqidagi xabarlar ham paydo bölgandi.

"Men bunday muxlislarni tuşunmayman. Ular Messiga nisbatan dahşatli darajada adolatsizlik bilan muomala qilişmoqda.

Messini Maradona bilan tenglaştirgan muxlislar endi uni keskin tanqid qilişmoqda. Lekin, işontirib aytamanki, terma jamoa futbolçilari bu mağlubiyatdan keyin muxlislardan köproq darajada kuyinişdi", deydi Segura.