Çexiyaning Plzen şahri politsiyasi qölga tuşirgan velosipedçining qonida 5.42 promille alkogol bölgani aniqlandi. Voqeadan darak bergan Latest News Resourse naşrining eslatib ötişiça, 5 promille alkogol ölimga olib keladi, deb hisoblanadi.
Qoidabuzar şahar çetidagi dalada qölga olindi. Politsiyaçilar velosipedning egri-bugri harakatidan şubhaga tuşganlarida, haydovçi tösatdan yöl çetidagi ariqqa yiqilib tuşib, darhol uxlab qoldi.
Huquq-tartibotçilar uni uyğotib, tekşiruv ötkazdilar va yuqorida aytilgan rekord natijani qayd qildilar. Ular velosipedçining yonidagi böşab ulgurmagan “Bexerovka” likyori idişini tortib olib, uni idoraga yetkazdilar. Ammo velosipedçi voqea yuzasidan tuzilgan bayonnomani na öqiydigan, na imzolaydigan ahvolda emas edi.
Endilikda u mast holda velosiped haydagani uçun 50 ming krona (2 ming dollar) jarimaga tortilişi mumkin.
Oradan ança vaqt ötib, kayfi tarqagan qoidabuzar mastligining sababini tuşuntirib berdi: bir neça kun oldin sevgan qizi uni taşlab ketgan ekan.
Piyodalar örtasidagi alkogol rekordi 2013 yili Polşada örnatilgan edi. Alfreduvka qişloğida yaşovçi 40 yoşli erkakning qonida 13.74 promille alkogol borligi aniqlandi. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolişga muvaffaq bölgan edi.






