Rossiya Oliy sudi Rossiya Birinçi kanalining “Toç-v-toç” teleşousini taqiqlab qöyiş böyiça işni körib çiqmoqda, deb xabar bermoqda RAPSI.

Ispaniyaning Endemol kompaniyalari guruhiga kiruvçi Gestmusic Endemol kompaniyasi va Rossiyaning “VayT Media” kompaniyasi Birinçi kanalda efirga uzatiladigan “Toç-v-toç” dasturi “Your face sounds familiar” va “Odin v odin!” körsatuvlari formatini aynan qaytarişining tan olinişini talab qilmoqda.

Da'vo qiluvçilarning fikriça, “Toç-v-toç” şousida Ispaniya kompaniyasiga tegişli “deyarli barça asosiy elementlar”, jumladan “hakamlar obrazlari”dan foydalanilgan. Javobgar bu da'voni tan olmayapti hamda uning aytişiça, Rossiya qonunçiligida format kabi köriqlanadigan mualliflik huquqi obekti tuşunçasining özi yöq.

Avvalroq pastki instansiyalar sudlari uşbu holat yuzasidan Birinçi kanal foydasiga qaror çiqarişgan edi.