Jizzaxning Arnasoy tumanida işlovçi “Miroqil Rahmonqulov” nomli xususiy korxona rahbari Abilqosim tört nafar ayolni aldab, öz korxonasiga işga oliş bahonasida ulardan pul undirib yurgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Aytilişiça, u gözallik saloni oçişni niyat qilib yurgan Ozoda Mamaraimovani öz korxonasiga “işga olib”, uning barça soliqlardan ozod etilganligini va korxonaga oyiga 65 ming söm tölab turişi kerakligini aytgan. Tört yil mobaynida ayol Abilqosimga jami 1.415 mln söm tölagan.
Fotosalonçi Gulmira ham uç oy mobaynida mana şunday tartibda Abilqosimning korxonasiga işga kirib, uç oy mobaynida unga 300 ming söm bergan.
Bundan taşqari, G. Şirinova 888 ming söm, F. Iskandarova esa 340 ming söm korxonaga tölagan. Bu tölovlar yuzasidan Abilqosim öz “işçi”lariga soxta kvitansiyalar berib borgan.
DSIning navbatdagi tekşiruvlaridan birida bu holat foş etilib, Abilqosim sudga tortildi. Dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar undirib berildi.






