Özbekistonda yölovçi taşiş tizimini takomillaştiriş maqsadida jamoat transportlariga GPS tizimini örnatiş ustida iş olib borilmoqda. Bu haqda ÖzA xabar tarqatdi.

Özbekiston avtomobil va daryo transport agentligi AKT bölimi boş mutaxassisi Bahrom Egamberdiyevning sözlariga köra, hozirgi vaqtda avtotransport sohasini keng miqyosida kompyuterlaştiriş, yangi interaktiv metodlarini joriy qiliş, yuk taşiş va yölovçi taşiş xizmatlari sifatini oşiriş uçun bir qator işlar amalga oşirilmoqda.

Yölovçi taşiş tizimini takomillaştiriş maqsadida hozirda 148ta yölovçi taşuvçi avtobuslarga GPS tizimi örnatildi. Yaqin kelajakda yana 150ta jamoat transportlariga şunday turdagi qurilmalar örnatilişi rejalaştirilmoqda.

«Bundan taşqari yangi tizim orqali avtovokzallarga örnatilgan kuzatuv kameralari, transport harakatlarini kuzatiş ularning sifatli xizmat körsatişini ta'minlaş yagona dispetçerlik markazi taşkil etiladi», deya Egamberdiyevning sözlaridan iqtibos keltiradi ÖzA.