Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) sammiti 15 sentabrda Tojikistonda bölib ötadi.
“Biz KXŞT sammitini Tojikistonda 15 sentabrda ötkazişga tayyorgarçilik körmoqdamiz”, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uçraşuvi davomida.
Putin Tojikiston KXŞTda raislik qiliş paytida erişgan yutuqlarini ta'kidlab ötdi. Putin Tojikistonning KXŞTdagi raisligi davomida harbiy maşğulotlar muvaffaqiyatli tarzda ötkazilganin ta'kidlab ötdi. Putin Rossiya va Tojikiston örtasidagi munosabatlar haqida gapira turib, ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi ötgan yilda “barça qiyinçiklarga qaramasdan” 21 foizga oşganini eslatib ötdi.
Öz navbatida Emomali Rahmon Tojikiston va Rossiya strategik hamkor hisoblanişlari va davlatlar örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanişini ta'kidlab ötdi. Rahmon Putinga avval imzolangan, şu jumladan KXŞT doirasidagi kelişuvlarni muhokama qilişni taklif qildi.






