Rim papasi Frantsisk Ekvadordan Boliviyaga parvozi davomida tarkibida koka (bargidan kokain olinadigan buta) barglari bölgan çoydan iste'mol qilib kördi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Pontifik tarkibida kokadan taşqari moyçeçak (romaşka) va anis uruğlari bölgan “Trimate” deb nomlanuvçi bu içimlikdan dengiz sathidan 4 ming metr balandlikda joylaşgan Boliviya poytaxti La-Pasga kelişi oldidan özini tetik seziş uçun iste'mol qilib körişga qaror qildi. Styuardessaning aytişiça, Papaga samolyot bortida hamrohlik qilgan jurnalistlarga ham uşbu çoydan iste'mol qilib köriş taklif qilingan.
El-Alto aeroportida Frantsiskni Boliviya prezidenti Evo Morales kutib oldi hamda şu munosabat bilan nutq sözladi. Dastlab nutq 15 daqiqa davom etişi belgilangan edi, biroq uni 5 daqiqagaça qisqartirişga qaror qilindi. Qayd etilişiça, bunga poytaxtning juda baland joylaşgani bir öpka bilan yaşovçi 78 yoşli Papaning salomatligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligi sabab bölgan.
Morales Papaga And hududi tub aholisi koka barglarini saqlaydigan alpak (lamaga öxşaş tuyoqli jonzot) junidan tayyorlangan qopçani sovğa qildi.
Frantsiskning kokain giyohvand moddasi oliş uçun xom aşyo sanaladigan koka bargini iste'mol qilib köriş istagi haqida Boliviya madaniyat vaziri Marko Maçikao ma'lum qildi. Uning aytişiça, pontifikning mamlakatga taşrifi arafasida mamlakat rahbariyati unga kokadan damlangan çoy içib körişni taklif qilgan, biroq Rim Papasi uni çaynab köriş istagini bildirgan.
Ma'lumot uçun, koka barglari BMTning 1961 yildagi giyohvand moddalar haqidagi konvensiyasiga köra, noqonuniy modda deb e'lon qilingan. Biroq Boliviyada undan diniy yoki tibbiy maqsadlarda foydalanişga ruxsat berilgan. And mintaqasi tub xalqlari koka barglarini özlarini tetik his qiliş maqsadida çaynab yurişadi. Boliviya prezidenti Evo Morales kokadan foydalanişni yoqlab çiqadi va uni muqaddas ösimlik hisoblaydi. 2009 yilda mamlakat konstitutsiyasiga kokani “Boliviyaning madaniy merosi” deb ta'riflovçi band kiritilgan.






