Buyuk Britaniya poytaxti Uimbldon şahrida 29 iyun kuni boşlangan Uimbldon turnirining çorak final bosqiçi yakunlandi. Endilikda yakkalik bahslarida 8 nafar tennisçi qolgan.
10 iyul kuni ötkaziladigan ayollar örtasidagi yarim final juftliklarida Serena Uilyams (AQŞ) va Mariya Şarapova (Rossiya) uçraşadi. Ikkinçi juftlikda esa polşalik Agneşka Radvanska ispaniyalik Garbine Mugurusaga qarşi kortga çiqadi.
Uimbldon turnirlarida 5 marta ğalaba qozongan Serena Uilyamsga qarşi şu turnir tarixida uçinçi marta öynaydigan Mariya Şarapova bu turnirda faqat bir marta, 2004 yilda aynan Serenani mağlub etiş orqali ğolib bölgan. Öşanda dunyoning birinçi raqamli raketkasiga qarşi öynagan Şarapova turnirning 13-raqamli tennisçisi edi.
Joriy mavsumda 33 yoşli Serena "Katta Dubulğa"ning dastlabki ikki turnirida ğalaba qozonib ulgurgan. U yanvar oyida Avstraliya Oçiq çempionati finalida aynan Mariya Şarapovani mağlub etgandi. May-iyun oylarida ötkazilgan "Rolan Garros" turnirida ham amerikalik tennisçi tengsiz deb topildi.
Lekin, qayd etiş joizki, oxirgi mavsumlarda Serena Uilyams Uimbldon turnirlarida omadsiz iştirok etmoqda. U 2012 va 2013 yillarda finalga çiqib, fransiyalik Marion Bartoliga, 2014 yilda esa çexiyalik Petra Kvitovaga imkoniyatni boy bergandi.
Mariya Şarapova esa, yuqorida ta'kidlanganidek, 2004 yilda, 17 yoşida Uimbldon turnirida ğalaba qozoniş evaziga öz titullari hisobini oçgandi. U 2011 yilda ham şu turnir finaliga çiqqan, lekin Petra Kvitovaga mağlub bölgan.
Uşbu ikki tennisçi 2007 va 2015 yillarda Avstraliya Oçiq çempionati finallarida töqnaşgan va rossiyalik tennisçi ikki safar ham bahslarni boy bergan. 2013 yilda esa şunday holat "Rolan Garros" finalida röy bergan.
Uşbu ikki tennisçining Uimbldondagi ikkinçi töqnaşuvi 2010 yilda, çorak final bosqiçida röy bergan, bu bahsda Şarapova jarohatlari tufayli mağlub bölgan. Öşa yili u turnirning 16 raqamli raketkasi sifatida tasniflangandi.
Joriy yilgi turnirga Mariya Şarapova 4 raqamli tennisçi sifatida taşrif buyurgan. U avvalgi bosqiçlarda Joanna Kontu (Buyuk Britaniya), Rixel Xogenkamp (Niderlandiya), Irina Begu (Ruminiya), Zarina Diyas (Qozoğiston) va Koko Vandevege (AQŞ) kabi tennisçilarni turnirdan çiqarib yubordi.
Uilyams esa yarim final yölida Margarita Gasparyan (Rossiya), Timea Baboş (Vengriya), Xiter Uotson (Buyuk Britaniya), öz opasi Vinus Uilyams hamda belaruslik Viktoriya Azarenkoni mağlub etdi.
9 iyul kuni ötkaziladigan yarim final öyinlarining dastlabkisi Agneşka Radvanska va Garbine Mugurusa örtasida Toşkent vaqti bilan soat 17:00da boşlanadi. Ulardan keyin esa kortga Serena Uilyams hamda Mariya Şarapova çiqişadi.






