Taniqli özbek yozuvçisi Şukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Ot yili” qissasining şu paytgaça yöqolgan deb hisoblab kelingan qismlari topildi. Bu haqda Özbekiston Xalq yozuvçisi Xurşid Davron Feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Bundan uç yarim yil muqaddam bergan intervyusida Xolmirzayev “Guliston” jurnalida çop etila boşlangan qissaning oxirgi 25 varaği yöqolganini, boşqatdan yozişga esa ikkilanib turganini ma'lum qilgan edi.
Ma'lum bölişiça, denovlik Iskandar Xalilov qissaning töliq nusxasini şu paytgaça asrab-avaylab kelgan.
“Yozuvçining özi yöqolgan deb öylagan «Ot yili» qissasining töliq nusxasi topildi. Uşbu asar nusxasi «Xurşid Davron kutubxonasi» saytiga yozuvçining ona yurti — Surxondaryodan, aniqroği Denovdan yetib keldi. Asarni şu paytgaça asrab-avaylab yurgan inson — Iskandar Xalilov (Muzaffarzoda)ga va uni bizga yetkazişda katta kömak bergan Sirojiddin Ibrohimga rahmatlar aytamiz”, – deb yozadi Xurşid Davron öz xabarida.
“Yaqin kunlarda saytimiz sahifalarida qissani bobma-bob e'lon qilina boşlaymiz”, – qöşimça qildi adib.






