Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Nevyansk sudi 4 iyulda mahbuslardan biri ölgan 46-sonli koloniyaning boşliğini hibsga olişga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Tergov boşqarmasining viloyat böyiça boşqarmasi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Koloniya boşliği 4 sentabrgaça qamoqqa olindi”, deb aytilmoqda tergov boşqarmasida. Yaqin orada hibsga olingan şaxsga ayblov qöyilişi mumkin.

4 iyul kuni 46-sonli axloq-tuzatiş koloniyasida noma'lum sabablarga köra 1989 yilda tuğilgan mahbus vafot etgan edi. 5 iyul kuni 400 nafarga yaqin mahbus uç kun davom etgan oçarçilik e'lon qildi. OAVlar uşbu holatni mahbusning ölimi bilan boğlaşmoqda.