Xitoy hukumati mamlakat janubiga yaqinlaşib kelayotgan pörtana tufayli aholining xavfsizligini saqlaş böyiça çora-tadbirlar körmoqda. Sinxua agentligining ma'lum qilişiça, şu munosabat bilan mintaqada poyezdlar harakati töxtatilgan hamda maktablar yopilgan.

“Linfa” tayfunining yaqinlaşişi tufayli Guandun viloyatida yer öpirilişi ham kuzatiliş mumkin, şu munosabat bilan 15 okrugdagi maktablar ham yopildi.

“Çan-Xom” tayfuni esa Çjyetszyan va Futszyan viloyatlariga tahdid solmoqda. Şanxaydan qirğoq böylab uşbu viloyatlarga boradigan barça yölovçi poyezdlarining harakati bekor qilindi.