Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ahmadzoy keyingi 3 kun mobaynida mamlakat hududidagi "IŞID" bölinmasining 2 nafar yetakçisi öldirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti naşri xabar qildi.

Afğoniston prezidenti bu haqda Ufada bölib ötayotgan ŞHT kengaşining kengaytirilgan tarkibdagi yiğilişi çoğida gapirib ötgan.

"Men sizlarga mamnuniyat bilan keyingi 3 kun davomida Afğoniston hududida olib borilgan maxsus amaliyotlar natijasida "IŞID"ning ikki nafar yetakçisi öldirilganini ma'lum qilaman", dedi u.