Butun dunyo musulmonlarining muqaddas bayrami hisoblanadigan Hayit ayyomini ötkaziş uçun Moskva şahrida 41ta maydon tayyorlanadi. 17 iyul kuni ötkaziladigan bu bayram uçun Moskva şahrida 8ta, Moskva viloyatida esa 33ta maydon hozirlanadi. Bu haqda TASS naşri Rossiya muftiyati vakili Ruşan Abbosovga asoslangan holda xabar berdi.

"Bu yilda Hayit namozi uçun Moskva şahrida 7ta, viloyatda esa 33ta, jami 40ta maydon ajratiladi. Şuningdek, şahardagi "Sokolniki" maydonida ham Hayit namozi ado etiladi. Şaharda 6ta masjid mavjud bölib, ulardan eng kattasi Boş masjidda esa bir vaqtning özida 60 ming kişi ibodat qilişi mumkin", deydi u.