Afğonistonda joylaşgan "IŞID" tasarrufidagi guruh rahbari bölgan Şahidulloh Şahid Nangarxar viloyati hududida dron hujumiga uçrab, halok bölgan. Bu haqda Reyter naşri xabar qilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, bu hujum vaqtida uning yonidagi örinbosari Gul Zamon hamda yana 3 nafar jangari öldirilgan.

Afğoniston Milliy xavfsizlik boşqarmasi vakilining ma'lum qilişiça, bu guruh Afğonistonda tartibsizlik boşlaşni rejalaştirgan, öz maqsadini Nangarxar viloyati hududidagi harakatlar orqali boşlamoqçi bölgan.

Şu yilning fevral oyida guruhning oldingi rahbari, 10 yildan buyon Afğonistondagi jihodçilik harakatini boşqarib kelgan Mulla Abdul Rauf ham dron hujumi orqali yöq qilingandi.