Turli idoralarning kompyuter tizimlariga uyuştirilgan xakerlik hujumlari sabab Amerikaning 19,7 million davlat işçilari ma'lumotlari öğrilangan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar tarqatmoqda.
Oldinroq, AQŞdagi kiberhujumlar natijasida zarar körganlar soni 4 million kişi ekani xabar qilingandi. Xakerlar ma'lumotlarning barçasini, hattoki közining rangi, alkogol va tamaki mahsulotlarini çekişi yoki çekmasligi böyiça ham ma'lumotlarni öğrilaşgan.
Davlat xizmatçilarining jabrlanganlari sonini ortişiga ularning odatiy oilasi haqida ma'lumotlar yozilgan anketalarning şifrlanmagan holda saqlanişi sabablardan biri sifatida körsatilmoqda.






