AQŞda öz yolğon taşxislari bilan mijozlarrning soğligiga zarar yetkazişda ayblangan onkologga 45 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Aniqlik kiritilişiça, Farid Fata ismli uşbu şifokor Detroyt şahrida asab xastaliklari böyiça taşxis qöyiş bilan şuğullangan. U soğ odamlarga ham saraton xastaligi taşxisini qöyib, ularga ximiyaterapiya qilişni buyurgan va ularning soğligiga jiddiy zarar tahdid qilgan.

"Men Gippokrat qasamini buzdim va mijozlarimning işonçini poymol qildim. Men bu aybimni qanday yuvişni ham bilmayman. Men bu qilmişimdan qattiq afsusdaman va qançalik uyalayotganimni söz bilan izohlab bera olmayman", deb iqror böladi jinoyatçi şifokor.

Prokurorlar uni "mamlakatning birinçi raqamli firibgari" deb ataşgan. Undan özi qöygan yolğon taşxislar orqali suğurta kompaniyalaridan olgan 17,6 mln dollar undirib olingan.