AQŞ Davlat departamentining rasmiy vakili Mark Toner Rossiyani AQŞ uçun boş xavf deb hisoblamasligini aytdi.
“Biz Rossiya bilan uning Ukrainadagi xatti-harakatlari tufayli muayyan kelişmovçiliklarga egamiz. Biroq biz buni AQŞ uçun hayotiy xavf deb hisoblamaymiz”, deb aytdi Toner matbuot-anjumanida.
Avvalroq Ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi lavozimiga nomzodi taklif etilgan AQŞ dengiz piyoda askarlari korpusi qömondoni Jozef Danford Senatda çiqişi paytida Rossiyani asosiy xavf deb bilişini aytgan edi. Keyinroq Oq uy uning bu fikrini qöllab-quvvatlamasligini ta'kidladi.
Toner AQŞ Danford Rossiyadan keyingi 2-raqamli xavf deb aytgan Xitoyni ham bunday xavf deb bilmasligini aytdi.
“Davlat kotibi "IŞID" terrorçilik taşkilotini, ayniqsa davlatlar hukumatlari nazoratida bölmagan hududlarda asosiy xavf deb biladi”, deb aytdi Toner.
Toner AQŞ Rossiya bilan kelişmovçiliklarga ega bölsada, bir qator muhim masalalar, xususan Eron böyiça hamkorlik qilayotganini ta'kidlab ötdi.






