Surxondaryo viloyati Uzun tumanida qayta rekonstruksiya qilingan “Xonjiza” bolalar soğlomlaştiriş oromgohi iş boşladi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi raisi T.Norboyeva, viloyat hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Qobulova va boşqalar Prezidentimiz rahnamoligida yoş avlodni jismonan soğlom, ma'nan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib voyaga yetkaziş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan ekanini alohida ta'kidladi.
Mustaqillik yillari mamlakatimizning eng çekka hududlarida ham zamonaviy ta'lim, tibbiyot muassasalari, muhtaşam bolalar sporti inşootlari barpo etilayotgani farzandlarimizning heç kimdan kam bölmagan şaroitlarda unib-ulğayişiga xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyatining toğli va ğoyat sölim göşasida joylaşgan “Xonjiza” bolalar soğlomlaştiriş oromgohining tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy tarzda jihozlanişi bunga yaqqol misoldir.
– Yangi qiyofa kasb etgan oromgohda bolajonlar uçun barça qulaylik yaratildi, – deydi “Xonjiza” bolalar soğlomlaştiriş oromgohi direktori Rahmatulla Sohibov. – Barça binolar tubdan rekonstruksiya qilindi, oşxona, ma'naviyat xonasi, kutubxona va dam oliş xonalari zamonaviy usulda jihozlandi. Yangidan bunyod etilgan bolalar sporti inşooti öğil-qizlarimizning jismonan çiniqişiga xizmat qiladi.
Hisor toğ tizmalari bağrida joylaşgan uşbu oromgohni qayta rekonstruksiya qiliş va jihozlaşga Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşi tört milliard yuz million söm mablağ sarfladi. Basketbol, voleybol va futbol maydonlari, yopiq basseyn qurildi. Ayni paytda sölim oromgohda uç yuzga yaqin öğil-qiz miriqib hordiq çiqarayotir.
– Oltinçi sinfda öqiyotgan nabiram Nurbekning yozgi ta'til kunlarini maroqli ötkazişi uçun uşbu oromgohga yöllanma oldik, – deydi Qiziriq tumanidagi Zartepa mahallasida istiqomat qilayotgan Avaz Xoliqov. – Köp yillar avval bu yerda bölganman va öşanda şaroitlar haminqadar edi. Bugungi şaroit va qulayliklardan, ayniqsa, musaffo havodan bahri dilim yayradi. Yoşlariga şunday yuksak e'tibor va ğamxörlik körsatadigan Vatan fuqarosi ekanimdan faxrlanaman.
– Oromgohning salqin ob-havosi va betakror tabiat manzaralari menga juda yoqdi, – deydi Termiz şahridagi 1-umumta'lim maktabi öquvçisi Sardor Abdiyev. – Yangi döstlar orttirdim. Ular bilan sölim toğ qöyniga sayohatga çiqiş, futbol, voleybol öynab, basseynda çömiliş özgaça zavq bermoqda. Turli kitoblarni mutolaa qilib, bilimimizni yanada mustahkamlaş uçun ham barça qulaylik mavjud.
Manba: UzA






